Raqobat qömitasi eksklyuziv huquqlarga ega xöjalik yurituvçi sub’yektlar reyestrini e’lon qildi.

Reyestrga 81 ta faoliyat turi böyiça eksklyuziv huquqqa ega 67 ta kompaniya kiritilgan.

Yopiq hujjatlar asosida berilgan eksklyuziq huquqlar egalari alohida reyestrda yuritilişi ma’lum qilingan.

Oçiq reyestrga kirgan korxonalarning aksariyati davlatniki bölib, ularning katta qismi – quriliş sohasiga töğri keladi. Şuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi bir neçta korxonalarga u yoki bu yönalişda eksklyuziv huquqlar berilgan.

Reyestrda qişloq xöjaligi, geologiya, farmatsevtika, turizm, suğurta va naşriyot faoliyati bilan şuğullanuvçi bir neçta korxonalarni köriş mumkin.

Energetika sohasidan, gidroenergetika tarmoğidagi ayrim taşkilotlar, şuningdek, “Özenergosotiş” (elektr energiyasini markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş), UzGasTrade (tabiiy gazni markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş) hamda Milliy dispetçerlik markazini röyxatda köriş mumkin.

Reyestrdagi kam sonli xususiy şirkatlar qatoridan “CRPT Turon” MÇJ joy olgan. Bu korxona ikkita eksklyuziv huquqqa ega: (1) “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalaş va kuzatib boriş milliy axborot tizimiga operatorlik qiliş hamda (2) majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilarga markirovka kodlarini taqdim etiş şular jumlasidan.

Sönggi vaqtlarda Piskent avtopoligoni sabab tez-tez jamoatçilik e’tiboriga tuşayotgan Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) “davlat nazorati bilan boğliq sinovlarni amalga oşiriş” böyiça alohida huquqqa ega.

Ayni paytda, mobil qurilmalarning IMEI kodlarini majburiy röyxatdan ötkaziş tizimining operatori – Information Technology Center (AQŞ) reyestrga kiritilmagan.

Şuningdek, foydali qazilmalarga kiriş va ularning eksporti böyiça eksklyuziv huquqqa egaligi aytiladigan kompaniyalar ham oçiq reyestrdan joy olmagan.

“Eksklyuziv huquqlar xöjalik yurituvçi subektlarga foydalanilişi, tarqatilişi va taqdim etilişi qonun bilan çeklangan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilganligi aniqlangan taqdirda, ularning reyestri belgilangan tartibda alohida yuritiladi”, – deyiladi oçiq reyestr söngida taqdim etilgan izohda.