
Kun.uz fevral oyining oxirlaridan boşlab Özbekistonda göşt narxi keskin ravişda oşa boşlagani haqida maqola e’lon qilgandi. Xususan, Milliy statistika qömitasiga köra, birgina mart oyida qöy göşti 9,1 foizga, mol göşti 8,8 foizga qimmatlagan.
Mazkur tendensiya nafaqat Özbekistonda, balki qöşni respublikalarda ham kuzatilyapti.
Qozoğiston
Mol göşti narxining özgarişi Qozoğistonda ham kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bölib turibdi. Qöşni respublikada narxlar yil boşidan beri 5,6 foizga oşgan.
Mamlakat qişloq xöjaligi vaziri Aydarbek Saparov narxlar ösişini qöşni davlatlar – Tojikiston va Özbekistonda talabning ortişi bilan izohlagan.
Qozoğiston göşt uyuşmasi boş direktori Maqsut Baktiboyev vazirning gaplariga qöşilmaydi. Uning fikriça, narxlarning oşişiga içki taklifning qisqarib ketgani asosiy sabab bölgan.
"Özbekiston va Tojikistonga çorva mollari va göşt eksportining ta’siri haqidagi tezislar öz tasdiğini topmadi. Narx oşişining asosiy sababi taklifning qisqarişi, ya’ni mamlakatda qoramollar sonining kamayganidir", deydi Baktiboyev.
Uning sözlariga köra, vaziyat 2019 yilda çorva mollarini eksport qiliş taqiqlanganidan keyin yomonlaşgan. Natijada qisqa vaqt içida mol göştining narxi deyarli ikki baravar qimmatlaşgan.
“Birdan Özbekistonga eksport qiluvçilar bozorni tark etişdi, çunki tösiq joriy qilindi. Faqat göştni qayta işlaş korxonalari va şaharlarni ta’minlovçi içki vositaçilar qoldi. Bizda 8 mln boş qoramol bor edi, içki bozor kiçik bölgan şaroitda demping boşlanadi. Göştni 1500-1600 tengedan sotib olişdi. Bu tannarxdan 20 foiz past. Holat 4-5 yil davom etdi. Çorvaçilik bilan şuğullaniş foydasiz bölib qolgani uçun qisqa vaqt içida 2 million boş qoramol söyib yuborildi.
















