16 aprel kuni ertalab Ivanovo oblastining Şuya şahriga dronlar hujum qildi. Mahalliy rasmiylarga köra, hujum oqibatida ikki kişi yengil tan jarohati olgan. Rossiya mudofaa vazirligi Şuyada Ukrainaning yettita droni urib tuşirilganini ma’lum qildi.

Astra telegram-kanali mahalliy aholi tomonidan hujum joyida olingan videolar geolokatsiyasini aniqladi. Ulardan biri Kooperativ köçasida, Rossiya qurolli kuçlarining 112-gvardiya raketa brigadasi bazasidan 200 metrga yaqin masofada portlagan. Yana bir video General Belov köçasida, brigadaning harbiy şaharçasidan bir kilometr masofada olingan.

Rossiya rasmiylari bazaga hujumni rasman tasdiqlamadi. Ukraina qurolli kuçlari voqeaga izoh bermadi.

Ukraina mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov avvalroq 112-brigada Rossiya qurolli kuçlarining 448-raketa brigadasi bilan birgalikda Sumi şahri markaziga raketa hujumi uçun mas’ul ekanini aytgandi. 15 aprel kuni Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi Kursk oblastida 448-brigadaning doimiy joylaşuv manziliga hujum qilingani haqida xabar bergandi.

Sumi böylab raketa zarbasi 13 aprel kuni yöllangan, şaharga «Iskander-M» rusumli ikkita raketa uçib kelgandi. Natijada 35 kişi, jumladan, ikki bola halok bölib, 100 dan ortiq kişi jarohatlandi. Rossiya mudofaa vazirligi Sumiga zarba berişdan maqsad «Seversk» operativ-taktik guruhi qömondonlik tarkibi yiğilişi bölib ötgan joy bölgani va natijada Ukraina qurolli kuçlarining 60 dan ortiq askari halok bölganini da’vo qildi.

Keyinroq Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux ukrainalik siyosatçilarning şu kuni Sumi şahrida harbiylarni taqdirlaş rejalaştirilgani haqidagi ma’lumotini tasdiqladi. 15 aprel kuni prezident Volodimir Zelenskiy Artyuxni işdan böşatdi.

AQŞ öt oçiş töxtatilmaguniça, Rossiyadan sanksiyalarni yeçmaydi

AQŞ Moskva öt oçişni töxtatişga rozi bölmagunça Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş yoki Rossiya bilan boşqa kelişuvlar variantini körib çiqmayapti. Bu haqda Davlat departamenti vakili Temmi Bryus ma’lum qildi.

«Qirğinbarot töxtamagunça heç qanday muzokaralar, heç qanday qarorlar, heç qanday kelişuvlar bölmaydi», – dedi Bryus Rossiya va AQŞning sönggi muzokaralarida sanksiyalarni yumşatiş mavzusi muhokama qilinganmi, degan savolga javob berarkan.

Bryus RF qöşinlarining Sumiga raketa hujumidan söng «tinçlik va öt oçişni töxtatiş ğoyasiga kim çinakamiga sodiqligi haqida köproq savollar paydo bölişi kerakligi»ni qayd etdi. U harbiy harakatlar davom etayotgani – «hali ham öşa göşt qiymalagiç» ekanini ta’kidladi.