SSV matbuot xizmati uşbu savolga Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markazi direktori Jaloliddin Asamutdinovdan javob oldi.
— Mamlakatimizda tibbiy faoliyatni litsenziyalaş yönalişi bir qança qonuniy, normativ-xuquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, — deydi u.
— Sönggi yillarda soha raqamlaştirilişi tufayli litsenziya olişda turli ovoragarçilik va byurokratik tösiqlarga çek qöyildi. Natijada aholiga köplab qulayliklar yaratildi.
Ayni paytda nodavlat tibbiyot muassasalari uçun litsenziya olişning soddalaştirilgan talab va mezonlari mavjud bölib, ular bir neça bosqiçda amalga oşiriladi.
Unga köra, dastlab talabgor yoki uning nomidan iş yuritiş vakolatiga ega bölgan şaxs öz elektron raqamli imzosi (ERI) yordamida (talabgor — jismoniy şaxslar uçun ERI örniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanişi mumkin) “Lisenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) yoki Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz ) orqali röyxatdan ötadi.
Söng faoliyatning litsenziyalanadigan, şu jumladan, har bir kiçik turini körsatgan holda elektron şaklda ariza töldiradi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar körsatilişi lozim:
- ariza töldiriş sababi (yangi litsenziya oliş, qayta rasmiylaştiriş, muddatini uzaytiriş, özgartiriş);
- yuridik şaxsning nomi, taşkiliy-huquqiy şakli, uning poçta manzili, faoliyatni amalga oşiriş joyi, bank muassasasining nomi va bank hisob varaği, telefon raqami, STIR, elektron poçta manzili (agar bölsa);
- tibbiy faoliyatni amalga oşiriş manzili ma’lumotlari (kadastr, ijara şartnomasi);
- tanlangan tibbiy faoliyat amalga oşiriladigan tibbiy ixtisosliklar va (yoki) tibbiy xizmat turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar);
- tibbiy yordam körsatiş şakllari (ambulator, statsionar);
- tibbiyot xodimlari töğrisida ma’lumot (pasport ma’lumotlari, öquv yurtlarini tamomlaganligi töğrisidagi hujjat, "Yagona milliy mehnat tizimi" (YaMMT)da röyxatdan ötganligi töğrisidagi ma’lumot);
- talabgorning litsenziya talablari va şartlariga rioya qilişga roziligi;
- litsenziya beriş yoki litsenziya berişni rad etiş töğrisidagi qaror 30 kun muddat içida qabul qilinadi.
Lisenziya beriş bir neça hollarda rad etiladi. Xususan:

















