Orlando xalqaro aeroportida Delta Air Lines samolyoti dvigatelida yonğin çiqdi. Fox35’ning AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasiga tayanib xabar berişiça, havo kemasi bortida bölgan barça evakuatsiya qilingan.
Idora ma’lumotlariga köra, hodisa 21 aprel kuni ertalab sodir bölgan. Airbus A330 Atlantaga uçişga tayyorlangan. Samolyot bortida 200 nafar yölovçi, şuningdek, 10 nafar bort kuzatuvçi va ikki uçuvçi bölgan.
Havo kemasi harakatni boşlagan vaqtda dvigatellardan biri alanganlanib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlardan köriş mumkinki, yölovçilari samolyotni şişiriladigan trap orqali favqulodda tark etgan. Bu vaqtda qutqaruv xizmati xodimlari olovni öçirişga kirişgan. Jabrlanganlar töğrisida ma’lumotlar yöq. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq Denverdan Edmontonga uçayotgan United Airlines tegişli samolyoti favqulodda qöndirilgani töğrisida xabar berilgandi. Bunga parvoz vaqtida dvigatellarning birida yonğin çiqqani sabab bölgan.

















