Toşkent metropoliteni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatining poytaxt metrosida yuzaga kelayotgan tiqilinçlar, poyezdlar keçikib kelişi haqidagi postiga munosabat bildirdi.
Qonunçilik palatasi deputati Javlon Abdullayev «Çilonzor», «Paxtakor», «Beruniy» kabi yirik bekatlarda ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gaça bölgan davrda yölovçilar soni keskin ortişi, aynan şu vaqtda poyezdlar 8–10 daqiqa oraliğida keçikib kelayotgani haqida yozdi. «Natijada işga yoki öqişga şoşayotgan fuqarolar 7–8 ta reysni ötkazib yuborişga majbur bölmoqda. Bu holat nafaqat noqulaylik tuğdiradi, balki aholi orasida transport tizimiga bölgan işonçni ham kamaytiradi», — deydi deputat.
Toşkent metropoliteniga köra, 2021 yil bir kunda 280-300 ming yölovçiga xizmat körsatilgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 920-930 mingni taşkil qilgan va bugun bu son bir kunda 1 milliondan ortmoqda.
Ta’kidlanişiça, yölovçilar sonining ortib borişi sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan tirbandliklarning oldini oliş hamda yölovçilarning bir manzildan boşqa manzilga boriş vaqtlarini qisqartiriş maqsadida sönggi uç yilda tiğiz vaqtda (07:30 dan 09:00 gaça) harakat tarkiblarining yölovçi taşiş böyiça oraliq vaqti (interval) qisqartirilgan. Jumladan:
- 2021 yilda «Çilonzor» yönalişida 5 daqiqa (16 ta poyezd işlagan) bölgan bölsa, bugun 1,5 daqiqa (28 ta poyezd harakatlanmoqda);
- 2021 yilda «Özbekiston» yönalişida 6 daqiqa (9 ta poyezd işlagan) bölgan bölsa, bugun 3 daqiqa (16 ta poyezd harakatlanmoqda);
- 2021 yilda «Yunusobod» yönalişida 11 daqiqa (6 ta poyezd işlagan) bölgan bölsa, bugun 4 daqiqa (11 ta poyezd harakatlanmoqda);
- «Özbekiston Mustaqilligining 30 yilligi yerusti halqa yöli» yönalişi – 12 daqiqadan (5 ta poyezd işlagan) 9 daqiqaga (11 ta poyezd işlamoqda) tuşirilgan.
2021 yilgaça 36 ta poyezd harakatlangan bölsa, oxirgi uç yil davomida zamonaviy turdagi 41 ta yangi harakat tarkiblari xarid qilinib, 2025 yilga kelib poyezdlar soni 75 taga yetgan.
Şuningdek, 2025 yil davomida yana qöşimça 56 ta zamonaviy metro vagonlarini xarid qiliş közda tutilgan. «Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblari yangilanişiga hamda yönalişlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirişga erişiladi», — deyiladi munosabatda.

















