Poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan “Tanzilandiya” (yuridik nomi: “Yuksalish construction” NTM) xususiy boğçasi bilan boğliq holat Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudida körib çiqilgan va 19 mart sanasida sudning qarori e’lon qilingan. Kun.uz uşbu qaror bilan tanişib çiqdi.

Unga köra, lisenziat tomonidan nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyati uçun litsenziya olingan kunidan söng bir oy muddat içida ta’lim taşkiloti, ta’lim oluvçilar va pedagog xodimlar töğrisidagi töğri, töliq va işonçli ma’lumotlarni ta’lim sohasida vakolatli davlat organlarining tegişli axborot tizimlariga kiritiş va muntazam ravişda yangilab boriş talabi qöyilgan.

Ammo şunga qaramay, maktabgaça ta’lim muassasasida tarbiyalanib kelayotgan jami 155 nafar tarbiyalanuvçidan 128 nafari (83 foizi) “Bolalar boğçasi” (bbit.uz) axborot tizimiga kiritilmagani aniqlangan.

Şuningdek, jami tarbiyalanuvçilar umumiy sonining 10 foizidan kam bölmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilinganiga oid talabni ham buzgani qayd etilgan. Ya’ni “Tanzilandiya”da jami 155 nafar tarbiyalanuvçi mavjud bölsa-da, jami tarbiyalanuvçilar umumiy sonining 10 foizidan kam bölmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilinmagan.

Şulardan kelib çiqib, sud 2019 yil 27 dekabrda berilgan

MT 104-sonli boğça litsenziyasini bekor qilişga qaror çiqargan. Maktabgaça va maktab vazirligining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, MTT rahbariyati bu qarordan norozi bölib, Toşkent şahar sudiga apellyatsiya şikoyatini kiritgan. Ammo 23 aprel sanasi bilan bu şikoyat qanoatlantirilmagan, birinçi instansiya hal qiluv qarori özgarişsiz qolgani ta’kidlandi.

Eslatib ötamiz, şu yil fevral oxirida “Tanzilandiya” boğçasining tarbiyaçilari bolalarga öta qöpol munosabatda bölgani tarmoqlarda rezonansni yuzaga keltirgandi. Ota-onalar buni farzandining öyinçoğiga örnatilgan ovozni yozib oluvçi moslama orqali aniqlaganini bildirgandi. Öşanda holat ortidan 3 nafar tarbiyaçi işdan ketgandi.