Elektr energiyasi uçun yangi tarif joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 1 maydan 200 kWhʼdan 500 kWhʼgacha elektr energiyasiga 1000 sömdan emas, 800 sömdan tölanadi.

Qaror bilan 201 kWh’dan 1000 kWh’gacha bölgan differensiallaşgan tarif böyiça iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni 2025 yil 1 maydan e’tiboran aholi iste’molçilari 201 kWh’dan 500 kWh’gacha bölgan yangi miqdor oraliğida har bir kWh uçun 800 sömdan tölaydi (şu paytgaça 201 kWh’dan 1000 kWh’gacha bölgan qismi uçun 900 sömdan haq tölangan).

Bundan taşqari, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 maydan bir marotaba yillik inflatsiya darajasidan kelib çiqqan holda 10 foizdan yuqori bölmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilişi belgilanmoqda.

Qayd etiş lozim, narxlar har yili oşirilişi haqidagi band hukumatning ötgan yilgi boşqa bir qaroriga muvofiq emas. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi 337-son qarori bilan, 2026 yildan 2035 yilgaça bölgan davrda elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tasdiqlangan yangi tariflar kiritilgan taqdirda, bu tariflar kamida uç yil amal qilişi közda tutilgandi.

Konsertlarda fonogrammadan foydalaniş çeklanadi

Bu haqda «Konsert-tomoşa faoliyatida jonli ijroni yanada rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora tadbirlar töğrisida»gi hukumat qarorida qayd etilgan. 

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 maydan:

– davlat budjeti va budjetdan taşqari mablağlar hisobidan moliyalaştiriladigan barça konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş bosqiçma-bosqiç çeklanadi;

– konsert-tomoşa tadbirlari reklamalarida tegişliça «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq körsatilişi lozim;

– Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni «Özbekiston Respublikasi xalq artisti», «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist» va «Özbekiston Respublikasi xalq hofizi» davlat mukofotlariga tavsiya etişda, birinçi navbatda, ularning jonli ijro eta oliş qobiliyati inobatga olinadi.