Ma’lum bölişiça, Turkiya Özbekistondan köproq ayollar oşiqadigan davlat. Işlaş, öqiş, turmuşga çiqiş maqsadida bu mamlakatga yöl oluvçilar afsuski, turli aldovlarga ham çuv tuşişmoqda. Farzandlarimiz bugun turk erkaklarining quçoğida qolmoqda, deydi Kun.uz bilan gaplaşgan “Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati” direktori Ozoda Islomova.
Matbuotda tez-tez xorijda aldangan, fohişalikka majburlangan, bosim ötkazilgan, mehnat huquqlari poymol bölgan vatandoşlarimiz haqida xabarlarga duç kelamiz. Aldangan xotin-qizlar orasida voyaga yetmaganlarning ham bölişi – açinarli holat. Masalan, yaqindagina Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi voyaga yetmagan özbek qizi öqiş maqsadida bu davlatga olib borilib, söngra fohişalik qilişga majburlangani xususida ma’lum qildi.
Istanbuldagi “Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati” direktori Ozoda Islomovaga köra, hali-hanuz aldanayotgan, zöravonlikka duç kelayotgan ayollarning soni ançagina. Ayniqsa, fohişalik qiliş uçun Özbekistondan xotin-qizlarni olib kelişda özimizning vatandoşlar iştiroki faol.
“Köproq kimlarni olib kelişadi, bilasizmi? Iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kelgan, nosoğlom muhitda ösgan, ota-onasi bölmagan yoki oilasi notinç bölganlar, turmuşidan ayrilganlar tez qarmoqqa ilinadi. Gözallik salonlari, tikuvçilik fabrikalaridan izlab, bunday xotin-qizlarni topişadi” – Ozoda Islomova, Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati direktori.
Suhbatdoşimizning qöşimça qilişiça, 2023 yil hisob-kitobiga köra, Turkiyada yaşovçi özbeklarning 80 foizi xotin-qizlardir. Ular işlaş, öqiş, karera quriş, turmuşga çiqiş maqsadida bu davlatga keladi. Özbeklar uçun Turkiyaga boriş qiyin emas, 90 kunlik vizasiz rejim amal qilgani uçun xorijga çiqiş pasportiga ega bölgan har qanday fuqaro aviaçiptani xarid qilib, boraveradi. Ayniqsa, ayollar uçun bu mamlakatda böş iş örinlari köp, ular bola va keksalarga qaraş, xizmat körsatişda tez iş topişlari mumkin. Lekin xotin-qizlarning soddaligidan foydalanib, ularni axloqsiz işlarga majburlaydiganlar juda köp.
Özbekistondan keluvçilar özi bilan bolalarini ham yetaklab kelmoqda. Çunki oilasidan ajraşganlar bolasini heç kimda qoldirolmaydi, otalar esa aliment tölamaslik uçun notarius orqali bolasidan ham tez voz keçmoqda. Natijada esa farzandlarimiz bu yerda turk erkaklari quçoğida katta bölyapti, deydi jamiyat raisi.
“Aliment tölamaslik uçun otalar öz bolasidan keçyapti, hayotning eng şirin ne’mati farzand-ku. U bolalar esa onasi bilan Turkiyaga kelib, turk erkaklarining quçoğida katta bölmoqda. Bundan taşqari, köpçilik hujjatsiz işlagani uçun qoçoq statusiga ega böladi va uning farzandlari ham qoçoqqa aylanadi. Bunday bolalarni maktab-boğçalar ham qabul qilmaydi. Ta’limsiz qolib ketgan bolalarni heç qanday tekşiruvlarsiz qandaydir hujralarga berişmoqda. Yaqin 5-10 yilda bu katta ijtimoiy muammolarni keltirib çiqaradi, bu xavf” - Ozoda Islomova, Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati direktori.
Turkiyaga borgan 19 yoşli qiz 63 yoşli erkakka turmuşga çiqib, söngra xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvçi jamiyatga murojaat qilgan. U bilan suhbat qilinganda qişda köçada qolib, unga issiq kiyim bergani uçun turmuşga çiqişga rozi bölganini aytgan.
Yaqinda Turkiyaga öqiş maqsadida borgan ota-onasidan ayrilgan, vasiy qaramoğidagi qiz S.S. ham Ozoda Islomova rahbarligidagi jamiyatga murojaat qilgan. Uni aslida öqişga deb olib kelişgan, restoran va turli ovqatlaniş şoxobçalarida işlatişga urinişgan, biroq 16 yoşli qiz mehnat qilişga ham töliq layoqatli bölmagani uçun eplolmagan. Söngra uni olib kelgan özbeklar qizni fohişalik qilişga majburlagan.
Jamiyatimizga murojaat qilgan har bir vatandoşimizga yordam berişga urinamiz. Özbek bölaturib, özbeklarni bu ahvolga solişganidan dilimiz ranjiydi, deydi jamiyat direktori.
“Yaqinda Anqarada özbek qizlarini sotgan bir ayolni uşlaşdi, undan aziyat çekkanlar jamiyatimizga murojaat qildi. Bizni qörqitiş uçun turk amaldorlarining, katta-katta odamlarning ismlarini aytişdi, xuddiki ularning himoyasida ekanini bildiriş uçun. Biroq öşa ayol baribir 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi” - Ozoda Islomova, Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati direktori.
Ma’lum bölişiça, Turkiyaga turmuşga beriş ham alohida biznesga aylanmoqda. Kuyov tarafdan pul olib, özlari tanimagan-bilmagan oilalarga qizlarni turmuşga berdirişyapti, deydi suhbatdoşimiz.
“Kuyov tarafdan 3 000 dollar, 5 000 dollar olib, özlari umuman bilmagan, tanimagan oilalarga qişloqlarda yaşovçi özbek qizlarini olib kelib berişyapti. Jamiyatimizga xuddi şunday qizlardan biri murojaat qildi, uni OITSga çalingan erkakka turmuşga berişgan. Qiz esa eridan şu kasallikni yuqtirib olgan, biz uni reabilitatsiya qiliş uçun Özbekistonga qaytarib jönatdik” - Ozoda Islomova, Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati direktori.
Xorijda öqib-işlaş yaxşi, lekin ayniqsa xotin-qizlar biror davlatga borişidan avval bu mamlakat, qonun-qoidalari, qayerga borayotgani va yaqin kelajagi haqida dastlabki tasavvur va rejalariga ega bölişi kerak. Aks holda yuqoridagi holatlarga öxşab aldanişi, hayoti buzilib ketişi ehtimoli yuqori.
Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.















