Polşa IT-infratuzilmasi — Davlat reyestrlar tizimi keng kölamli hakerlik hujumiga uçradi, deb xabar beradi RMF FM.
Ma’lumotlarga köra, kiberhujum mamlakatda soliq deklaratsiyalarini (PIT) topşiriş muddati, 800+ ijtimoiy yordam uçun arizalar va «Profilaktika 40+» tibbiy skrining dasturiga yoziliş yakunlanayotgan paytda asosiy onlayn xizmatlarni işdan çiqariş maqsadida uyuştirilgan.
Hujum salkam bir soat davom etgan. Bu vaqt davomida foydalanuvçilar mObywatel ilovasidan, şuningdek, CEPIK tizimi — Transport vositalari va haydovçilar markaziy reyestridan foydalana olmagan. Bu esa öz navbatida transport vositalari va soliq operatsiyalarini röyxatdan ötkazişga imkon bermagan.
Gap DDoS-hujumlar haqida ketmoqda — bunda hakerlar bir vaqtning özida davlat tizimlariga ommaviy sörovlar yuborib, tizim yuklamasini oşirib yuboradi.
Qayd etilişiça, kiberhujum qaytarilgan. Polşa kiberpolitsiyasi va Içki xavfsizlik agentligi holatni tergov qiliş bilan şuğullanmoqda. Hujum kimlar tomonidan amalga oşirilgani hozirça noma’lum.
Avvalroq Fransiya rasmiylari Rossiya harbiy razvedkasini mamlakatga qarşi sönggi ön yil davomida sodir etilgan kiberhujumlarga aloqadorlikda ayblagandi. Ta’kidlanişiça, 2021 yildan beri Rossiya Razvedka boş boşqarmasining (GRU) kiberhujumlar bilan şuğullanuvçi bölinmasi Fransiyadagi önga yaqin, jumladan, «mudofaa, moliya va iqtisodiyot sektorlariga» aloqador taşkilotlarga hujum uyuştirgan.

















