Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Mamlakat prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif «muvaffaqiyatli sinov ortidagi barchani tabrikladi».
Pokiston 3 may kuni Abdali ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilishicha, «yer-yer» sinfiga kiruvchi raketaning parvoz uzoqligi 450 kilometrni tashkil etgan.
Pokistonlik harbiylarning ma’lum qilishicha, raketa «qo‘shinlarning tezkor tayyorligi va muhim texnik parametrlarni», shuningdek, takomillashtirilgan navigatsiya tizimlari va yaxshilangan manyovrchanlikni tekshirish maqsadida uchirilgan.
Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif «muvaffaqiyatli sinov ortida barchani tabrikladi».
Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni Hindiston Harbiy-dengiz kuchlari kemalarga qarshi o‘t ochish bo‘yicha mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgandi.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar urush yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Pahalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan jangarilar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Shundan so‘ng Hindiston Pokiston bilan chegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qildi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026