Ma’lum qilinişiça, Özbekiston prezidenti raisligida bölib ötgan yiğilişda mamlakatda sayyohlar oqimini köpaytiriş maqsadida havo flotini kengaytiriş böyiça keng kölamli rejalar körib çiqildi. Unda Fransiyaga taşrifda 14 ta yangi zamonaviy Airbus samolyotini xarid qiliş, yana 5 tasini ijaraga olişga kelişilgani, Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib keliş böyiça muzokara boşlangani ta’kidlandi.

"Mutasaddi vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga neçta reys qöyiş va qança sayyoh olib kelişni hozirdan hisob-kitob qiliş topşirildi, deb yozilgan naşrda.

Naşr şu yil yanvar oyida Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbari Şuhrat Xudoyqulov 2 milliard dollarga 14 ta uzoq masofaga uçadigan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini sotib oliş rejasini ma’lum qilgani haqida yozgan.

"2022 yil noyabr oyida Özbekiston umumiy qiymati qariyb 800 million yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib oliş böyiça şartnomalar imzolagan", – deya ta’kidlangan maqolada.