Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 1 soatdan ko‘proq vaqtda o‘chirishgan. Hodisa oqibatida savdo majmuasining 200 metr kv maydoni ichki qismi hamda mahsulotlar yongan.
Karmana tumanida joylashgan “Toshkent parfum food” savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 may kuni soat 5:15 da 112 qisqa raqami orqali Karmana tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tumanning Arg‘un mahallasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. 7-qism yong‘in o‘chirish avtoekipaji voqea joyiga soat 5:18 da yetib borgan hamda yong‘in soat 6:24 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘qligi bildirildi. Yong‘inda savdo majmuaning 200 kv m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.