Samarqand viloyati Bulunğur tumanida joylaşgan 11-sonli davlat boğçasida bolalarga göşsiz ovqat berilayotgani aytilmoqda. Kun.uz ixtiyoriga ana şunday iddao bitilgan video kelib tuşdi.
“2025 yil 5 may kuni. Mana, qozonda 1 gramm göşt yöq. Juma, 2 may kuni ham göşsiz ovqat qilingan”, – deydi video muallifi boğça oşxonasidagi qozonni körsatib.
U bolalar ovqatlanib ötirgan xonaga kirib, ularning kosalarini ham tasvirga olgan va şunday degan: “Bolajonlarning ovqatida göşt degan narsa yöq”.
Murojaatçi bolalar xonasida bir ayol (ehtimol, tarbiyaçi) bilan gaplaşgan, u ham 2 va 5 may kunlari göşsiz ovqat qilinganini tasdiqlagan. Ayol boğça tarbiyalanuvçilari soni 194 nafar ekanini aytgan.
Murojaatçi, şuningdek, boğçaga tarkib jihatdan sigir sutidan olinmagan sariyoğ olib kelinganini ham da’vo qilmoqda.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi Kun.uz söroviga javoban holat örganilayotganini, qöşimça axborot berilişini ma’lum qildi. Voqeani bolalar ombudsmani ham tekşirmoqda.
Amaldagi qonunçilikka köra, boğçada 1 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalar göştning turiga qarab kunlik örtaça 60/45 grammdan 80/60 grammgaça, 3 yoşdan 7 yoşgaça bölganlar esa 80/60 grammdan 90/65 grammgaça mol, qöy, parranda va quyon göştini iste’mol qilişi lozim.

















