«Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyatini yanada kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qaroriga köra, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini oçişi böyiça talablar işlab çiqiladi.

Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan boğliq şubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qiliş amaliyotini yölga qöyadi.

Banklar va tölov taşkilotlari tomonidan özining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini örnatiş hamda foydalanuvçi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantiriş amaliyoti joriy etiladi.

Içki işlar organlari mas’ul bölinmalari söroviga asosan şubhali pul ötkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi.

Tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi böyiça xulosa «Kiberxavfsizlik markazi» DUK tomonidan beriladi.

Şuningdk, Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşişga va raqamli tergovga kömaklaşiş markazi taşkil etiladi.

Kiberjinoyatlarni foş etiş, ularni tergov qiliş amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça ilmiy asoslantirilgan takliflarni işlab çiqiş Markazning asosiy yönalişlaridan biri etib belgilandi.