Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025 yilda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi prezidentning 04.03.2021 yildagi PF-6181-son farmoni bilan tasdiqlangan edi.
2025 yil uchun "Yo‘l xaritasi" quyidagilarni nazarda tutadi:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi.
Shuningdek, NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Yil oxirigacha 2030 yilgacha bo‘lgan davrda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:09 / 02.12.2025
Toshkentda «Fuqarolik jamiyati haftaligi» boshlandi
18:45 / 16.10.2025
Rossiyada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
18:08 / 10.10.2025
MDH davlatlari rahbarlari 2030 yilgacha mo‘ljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini kelishib oldi
14:53 / 22.09.2025