Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 7 may kuni tibbiyotning birlamçi böğini va ixtisoslaşgan muassasalarda xizmatlar sifatini oşiriş, dori iste’molini tartibga soliş hamda tibbiy ta’limni takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda mamlakatdagi har ön ming aholiga 27 nafar şifokor töğri kelişi, bu AQŞ, Buyuk Britaniya, Finlandiya bilan bir xil körsatkiç ekani aytildi. Turkiya va Kanadada esa bu raqamlar 1,5 baravar kam hisoblanadi.
«Körib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalaştirişda ham muammo yöq. Lekin, sifat-çi? Bu borada e’tirozli savollar juda köp», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Sönggi 7 yilda soğliqni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağ 6 karra oşirildi. Hududlardagi şifoxonalar moddiy-texnik jihatdan yangilandi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda ötkazilayapti. Mahalladagi birlamçi böğin bilan ixtisoslaşgan xizmatlarni boğlaydigan tizim yölga qöyildi.
Yurtimizda har ön ming aholiga 29 nafar şifokor töğri keladi. Bu AQŞ, Buyuk Britaniya, Finlyandiyadagi bilan bir xil, Turkiya va Kanadadagidan esa köp. Lekin bizda iş samaradorligi, davolaş sifati zör emas.
Masalan, mahallada birlamçi böğin töğri işlamagani uçun tumanlarda kasallaniş va ularning oğir asoratlari kamaymayapti. Yuqumli bölmagan kasalliklar mamlakatimiz iqtisodiyotiga har yili 1 milliard dollar atrofida zarar keltiryapti.
Tez tibbiy yordamdagi jami çaqiruvlarning törtdan biri surunkali kasalligi bor bemorlarga töğri kelayapti. Ba’zi joylarda tez yordam xuddi poliklinikadek bölib qolgan. Viloyat va tuman şifoxonalarida xodimlar soni, örinlar, mablağlar töğri taqsimlanmagan.
“Tibbiy suğurta” tizimini joriy qiliş yildan yilga surilib kelayapti. Navbat va xizmatlarni raqamlaştiriş ham töliq işga tuşgani yöq.
Bu işlarda sustkaşlikka yöl qöygani uçun soğliqni saqlaş vazirining ikki örinbosari vazifasidan ozod qilindi, yana biriga ogohlantiriş berildi.
Yiğilişda sohaning birlamçi böğinini yaxşilaş, kasalliklarning oldini oliş, tibbiyot xodimlarining bilimini va davolaş sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Aholi qamrovi, kasalliklar tahlili va murojaatlar turidan kelib çiqib, yangiça iş tartibi belgilandi.
Avvalo, birlamçi böğin isloh qilinib, tibbiyot brigadasi hamda unga biriktirilgan aholi örtasida ikki tomonlama şartnoma tuziladi. Endi aholi oilaviy şifokorni erkin tanlaydi, bu jarayonga xususiy şifokorlar ham jalb etiladi.









