Rossiya prezidenti Vladimir Putin uç kunga harbiy harakatlarni töxtatganiga qaramay, Ukraina armiyasi 8 may, payşanbaga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlar sodir etilgani haqida xabar berdi. Ukraina harbiy-havo kuçlarining Telegram kanali Rossiya taktik aviatsiyasi tomonidan Sumi viloyati yönalişi böyiça boşqariladigan havo bombalari uçirilgani, şuningdek, «front yaqinidagi viloyatlarda havo qurollaridan foydalaniş tahdidi» haqida xabar bergan. Hozirça boşqa tafsilotlar keltirilmagan.

Şu bilan birga, bugun tunda Ukraina osmonida birorta ham rus droni qayd etilmagan. Ukraina dronlarining Rossiya Federatsiyasi hududlariga ommaviy hujumlari ham töxtatildi, faqat alohida UUA haqida xabar berilgan. Xususan, Lipetsk viloyati gubernatori Igor Artamonov 8 mayga ötar keçasi viloyat hududiga dron hujumi xavfi borligini ma’lum qildi.

Nijniy Novgorod aeroporti «parvoz xavfsizligini ta’minlaş maqsadida» Moskva vaqti bilan soat 04:30 dan yopildi, deb xabar qildi Federal havo transporti agentligi. Bir kun oldin, Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining Moskva va Rossiya Federatsiyasining boşqa hududlari yönalişi böyiça amalga oşirgan ommaviy hujumi natijasida Rossiya aeroportlari işida katta uzilişlar yuzaga keldi va kamida 60 ming yölovçi zarar kördi.

Putin Ğalaba kuni şarafiga e’lon qilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvi uç kun davomida – 8 may kuni Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan 11 may Moskva vaqti bilan 00:00 gaça amal qiladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Kiyev qisqa muddatli öt oçişni töxtatiş kelişuvini qabul qilmasligi va kamida 30 kunlik sulhni taklif etayotganini bildirgandi.