«Kambağal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoniga köra, 2025 yil 1 iyundan:
- Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi oilalar uçun qonunçilikda belgilangan imtiyozlar Kambağal oilalar reyestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026 yil 1 yanvardan esa faqat Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga körsatiladi:
- davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun boj, yiğim va boşqa tölovlarni tölaşda «sariq» toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, «qizil» toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida çegirmalar qöllaniladi;
- kambağal oilalar «qizil» yoki «sariq» toifadan «yaşil» toifaga ötganda ular uçun qonunçilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari keyingi 12 oy muddatga saqlab qolinadi;
- «qizil» toifaga kiritilgan oilalarga belgilangan passiv daromad keltiruvçi qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etiladi.
Uşbu reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar oilalar kambağal deb e’tirof etilgani töğrisidagi ma’lumotlar yoki şaxsning kambağal deb e’tirof etilgan oilaning a’zosi ekani haqidagi ma’lumotnoma asosida körsatiladi.
















