Farmonga ko‘ra, “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
▪️professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganib borish;
▪️ nomzodlarni vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari ehtiyojlariga mos holda professional yo‘naltirish;
▪️ stipendiatlarning O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish;
▪️ mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada oshirish uchun stipendiatlar salohiyatidan samarali foydalanish.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
🔹vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi;
🔹stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan belgilanadi;
🔹maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka o‘tashda zarur bo‘ladigan xorijiy tilni o‘rganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.








