«Kambağal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi prezident farmoniga köra, 2025 yil 1 iyundan «qizil» toifaga kiritilgan oilalarning «a’lo» baholarga öqigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya tölanadi.
2025 yil 1 sentabrdan umumiy örta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambağal oilalar farzandlari uçun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar tölovidan ozod etiladi.
2026 yil 1 yanvardan kambağal oilalarning «a’lo» baholarga öqiydigan farzandlarining Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olişi va soğlomlaştirilişi xarajatlari töliq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambağal oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatilişini muvofiqlaştiruvçi davlat organi hisoblanadi.

















