Energetika vazirligi 5 may kuni M25 konida yuzaga kelgan ulkan gaz favvorasi “aholiga xavf tuğdirmaydi” deb bayonot berdi. 7 may kuni Boysun şahri markazida Kun.uz muxbiri mikrofon tutgan aholi vakillari esa buning aksini aytmoqda.
Sörovda qatnaşgan boysunliklarning katta qismi gaz hidi kelgan paytda ayniqsa yoş bolalarga qiyin bölayotganini aytdi.
Quyida – aholi vakillarining sözlaridan iqtiboslar keltirib ötiladi.
“Ötgan safar ikkita qari bobo çiqib, hammasi zör dedi, lekin unday emas. Yoş bolalarning ahvolini borib körsalaring bilasizlar. Yoş gödaklar zaharlanib, judayam qiynalyapti”.
“Boysunimiz öta toza, havosi zör joy edi. Lekin hozir unday deya olmaymiz. Bolalar kasal, nima desangiz gazdan deydi. Bilmadim oxiri nima böladi... Bizga boylik ham, boşqa narsa ham kerak emas, soğlom bölsak böldi”.
“Juda yomon, hamma zaharlanyapti. Maktablarda bolalar yiqilib qolyapti. Yondirgani bilan baribir içki organizmda zaharlaniş bölaveradi”.
“Şamol pastga qarab esayotgani uçun hozir hidi kelmay turibdi. Bölmasa, tuxumning hidiga öxşab sasib ketadi. Bu yerdan köçib ketaylik deb öylayapmiz, lekin uy-joyni sotib ham bölmayapti: xaridor yöq, kim oladi?”
“Keçasi uxlab bölmayapti, onda-sonda hidi kelyapti”.
“Kondagi bosim juda katta ekan. Men bu böyiça bilimga ega emasman, lekin bosim katta bölgani uçun jilovlaş qiyin deb öylayman”.
“Gazlanyapmiz, iç ketişlari bölyapti, bolalar bolnitsaga tuşib qolyapti. Qiyin-da... Tunov kuni juda yomon hidi çiqqandi, portlagan ekan, köp odamlarning mazasi qoçdi”.
“Qöşni tumanlarga borib, 5-10 kunlab yaşab kelyapmiz. Orada bir yopilgan edi, yana mana şu ahvol. Hozir Şerobodda turibman, şuyoqqa ham hidi boryapti, lekin bu yerdagidek emas. Keçadan oldin kuni bu yerda umuman turib bölmas edi”.
“Boşimiz aylanyapti. Miyaning rivojlanişiga, işlaşiga zarar beryapti, zarari katta ekan. Köçib ketişga ilojimiz yöq. Bolalarning immuniteti tuşgan, qusadi. Şifoxonaga olib borsak, kislorod olişi kerak ekan, öpkasini tozalaş kerak ekan. Uzoqqa olib ketişga pulim yöq”.
“Yoşlarning taqdiri nima böladi, şularni köproq öylayapmiz. Biron yeçim qiliş kerak. Xalq hozir sukunatda, na ketişini biladi, na qolişini. Hatto qurilişlarini ham töxtatib qöyişdi”.















