Milliy statistika agentligi Kun.uz'ga yengil avtomobillar importiga oid ayrim raqamlarni taqdim etdi.
Ma’lum bölişiça, 2025 yilning birinçi çoragida Özbekistonga avtomobil olib kiriş bir yil oldingiga qaraganda 3 barobarga kamayib ketgan.
Yanvar–mart oylari böyiça sönggi tört yillikdagi körsatkiçlar quyidagiça:
- 2022 yil: umumiy qiymati 189,3 mln dollarga teng 8 508 ta;
- 2023 yil: umumiy qiymati 144,9 mln dollarga teng 10 489 ta;
- 2024 yil: umumiy qiymati 332,2 mln dollarga teng 22 210 ta;
- 2025 yil: umumiy qiymati 115,1 mln dollarga teng 6 950 ta yengil avtomobil import qilingan.


Raqamlar 2023 yildan boşlab import qilingan avtomobilning örtaça narxi oşib borayotganini körsatmoqda. Örtaça narx 2022 yilda 22,2 ming dollar, 2023 yilda 13,8 ming dollar, 2024 yilda 15 ming dollar, 2025 yilda 16,6 ming dollar bölgan.
2025 yil birinçi çoragida Özbekiston asosan Xitoy (5 235 dona) va Koreyadan (1 425 dona), şuningdek, Hindistondan (144 dona) yengil avtomobil import qilgan. Bunda importning 75 foizi Xitoydan amalga oşirilgan.
2022 yilning mos davrida Özbekistonga avtomobil yetkazib beruvçilar orasida Xitoyning uluşi 53 foiz (4482 dona) edi. Öşanda Koreyadan 2101 dona, Qozoğistondan 1019 dona yengil maşina olib kirilgan.
Avvalroq ayrim import avtomobillar uçun ekologik sertifikat talab qiliş boşlangan, lekin bir neça kun ötib, bu tartib töxtatilgandi.
Avtomobil bozoridagi monopoliya: Özbekiston bitta xatoni ikkinçi marta takrorlaydimi?

















