Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi
Yangi tadqiqotga ko‘ra, Donald Trampning hokimiyatga qaytishi AQShga nisbatan global munosabatning keskin yomonlashishiga turtki berdi.
Foto: AP
Amerika yetakchisi Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng dunyoning Qo‘shma Shtatlar haqidagi tasavvuri sezilarli darajada yomonlashdi. "Demokratiyalar alyansi" jamg‘armasi (Alliance of Democracies Foundation) tomonidan 12 may, dushanba kuni e’lon qilingan «Demokratiyani qabul qilish indeksi» (Democracy Perception Index, DPI) 2025 yilgi tadqiqoti shundan dalolat beradi.
Olingan natijalarga ko‘ra, butun AQShga nisbatan global munosabat 2024 yildagi +22 foizdan 2025 yilda -5 foizga tushib ketdi, bu Xitoynikidan past (+14 foiz) va Rossiyanikiga (-9 foiz) yaqin. Qo‘shma Shtatlarga ijobiy qaraydigan mamlakatlar ulushi xuddi shu davrda 76 foiz dan 45 foizgacha kamaydi.
Vaziyatni sharhlar ekan, NATO sobiq bosh kotibi, "Demokratiyalar alyansi" jamg‘armasi asoschisi Anders Fog Rasmussen AQSh obro‘sining bunchalik keskin tushib ketishidan ajablanmaganini tan oldi. «Prezident Tramp savdo urushini boshladi, Oval kabinetda Ukraina prezidentini mazax qildi, ittifoqchilarni zaif, dushmanlarni esa o‘zini jasoratli his qilishiga zamin yaratdi», — deya Rasmussen so‘zlarini keltiradi Reuters.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
14:26 / 20.12.2025
Putin: AQSh Alyaskada taklif qilgan murosalarga rozi bo‘ldik
09:41 / 20.12.2025
AQSh Suriyada IShID obektlariga zarba berdi
07:52 / 20.12.2025