Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, tumandagi “P.G.O.” MChJ rahbari U.X. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompress shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali, tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlangan.