Özbekiston maktablariga «Sönggi qönğiroq» tadbirlari 24 may, şanba kuni ötkaziladi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka köra, ijtimoiy tarmoqlarda uşbu tadbir ötkazilişi taqiqlangani, çeklovlar örnatilgani haqida turli notöğri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy öquv yilining oxirgi kuni 25 may, yakşanba – dam oliş kuniga töğri kelgani sababli «Sönggi qönğiroq» tadbirlari 24 may, şanba kuni ötkazilişi belgilangan.

«„Sönggi qönğiroq“ har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy böladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qöyayotgan 11-sinf bitiruvçilari uçun bu kunning ahamiyati va qadri özgaça. Bir tomondan, köp yillik qadrdon sinfdoşlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlaşiş oson emas. Ikkinçi tomondan, mustaqil hayotga qadam qöyiş zavqi, yangi marralar çorlovi, talabalik sururi. Bu endi çinakam bayram», – deyiladi xabarda.

Maktablarda «Sönggi qönğiroq» tadbirlarini kötarinki kayfiyatda, tantanalar bilan ötkaziş an’anasi bu yil ham davom etişi ta’kidlangan.

«Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvçilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etişlarini söraymiz», – deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği Azamat Kamolov barça ta’lim taşkilotlariga «Sönggi qönğiroq» tadbirlarini ötkaziş böyiça tavsiyalar hamda namunaviy ssenariylar yetkazilganini ma’lum qilgandi.

Mazkur tavsiyalarga muvofiq, turli dabdabozliklarga yöl qöymaslik, öquvçilar yoki ularning ota-onalaridan pul mablağlarini yiğişga qat’iy çek qöyiş, bitiruv oqşomlarini turli restoranlar va töyxonalarda nişonlamaslik, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan öquvçilar avtomobillarda guruh-guruh bölib harakatlanişi yoki çömiliş havzalariga borişining oldini oliş belgilangan.

Bundan avvalroq, Özbekiston maktablarida 25 may kuni bölib ötadigan «Sönggi qönğiroq» tadbirlarida vals tuşişni taqiqlanişi haqida xabar tarqalgandi. Vazirlik matbuot xizmati «Daryo»ga bergan izohida «Sönggi qönğiroq» tadbirlarida vals tuşiş taqiqlanişi borasida heç qanday hujjat yöqligi, biroq farzandlari darsdan söng qolib raqs tuşişni örganişi, tadbir uçun qimmat kiyimlar tiktiriş, buning uçun pul yiğiş holatlari ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bölayotganini bildirib ötgandi.