Yevropa Ittifoqi Kengaşi va Yevroparlament Yevropa Ittifoqi çegarasida pasport ştamplari örnini bosuvçi avtomatlaştirilgan kiriş/çiqiş tizimini (Entry/Exit system, EES) bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş böyiça dastlabki kelişuvga erişdi. Bu haqda 19 may, duşanba kuni YeI kengaşi saytida ma’lum qilindi.

Tizimni joriy etiş töğrisidagi qaror 2017 yilda qabul qilingan va uning işga tuşirilişi bir neça bor qoldirildi. Yakuniy muddat 2024 yil edi. Biroq ötgan yilning oxirida Yevropa Komissiyasi (YeK) Germaniya, Fransiya va Niderlandiya uni joriy etişga tayyor emasligi sababli EES'ni işga tuşirişni yana keyinga qoldirdi. Keyin YeK tizimni bir martalik emas, balki bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş uçun yangi qoidalarni yaratişni talab qildi.

Yangi kelişuv EES'ni bosqiçma-bosqiç joriy etiş uçun olti oy vaqt berişni taklif qiladi. «Uşbu ötiş davri tugagunga qadar a’zo davlatlar sayohat hujjatlariga qölda muhr qöyişda davom etadi», — deyiladi press-relizda. EES xorijga çiqiş pasportlaridagi ştamplarni töliq almaştirişi haqida avval xabar berilgan edi.

Yevropa Ittifoqi Kengaşi va Yevropa Parlamenti örtasidagi kelişuv EES darhol joriy etilişini anglatmaydi. Tizimni bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş sanasi Yevropa Komissiyasi tomonidan belgilanişi kerak. Bundan taşqari, 19 may kuni erişilgan kelişuv dastlabki hisoblanadi va u hali Yevropa Ittifoqi Kengaşi va Yevropa Parlamenti tomonidan tasdiqlanişi kerak.