Hindistonning Çandrapur okrugida yölbarslar sakkiz kun içida 8 kişining umriga zomin böldi. Yil boşidan beri bu turdagi yirtqiçlar hujumi oqibatida 21 kişi halok böldi, deb xabar beradi Times of India.

2024 yilda Çandrapurda yovvoyi tabiat bilan boğliq 29 ta ölim holati qayd etilgan. 2025 yilning dastlabki beş oyida esa ölim holatlari 21 taga yetgan va ularning barçasi yölbarslar tomonidan amalga oşirilgan.

Navbatdagi fojia Bxandurna qişloğida yuz bergan. 70 yoşli Rişi Pendor şanba kuni bedarak yöqolgan, yakşanba kuni esa uni qidiriş işlari boşlangan. Erkakning jasadi Mul örmon massividan, Tadoba-Andxari yölbarslar qöriqxonasi hududidan topilgan. Ma’lumotlarga köra, Pendor ruhiy buzilişdan aziyat çekkan. Uning oilasiga 50 ming rupiy miqdorida kompensatsiya tölangan.

Boşqa bir hujum Nagbxid şahri atrofida yuz bergan. U yerda yölbars örmonda barg terib yurgan 63 yoşli Maroti Şendega oğir jarohat yetkazgan. Jabrlanuvçi şifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.

Yirtqiçlar hujumi ortib borayotgani sabab Örmon xöjaligi departamenti yangi xavfsizlik qoidalarini e’lon qildi. Barg teruvçilarga örmonga soat 08:00 dan keyin boriş va uni 17:00 gaça tark etiş, doim guruh-guruh bölib işlaş va yölbarslarni qörqitiş uçun maxsus niqoblar taqiş tavsiya qilingan.