Yevropa ittifoqining 17 ta davlati xalqaro gumanitar huquqni buzayotgani uçun Isroilga savdo imtiyozlari beradigan Assotsiatsiya bitimini qayta körib çiqişni qöllab-quvvatladi. Yevropa boş diplomati Kaya Kallas Ğazoga yordam darhol va keng kölamda kirişi kerakligini ta’kidlagan. Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lammi esa Ğazoda «ayançli siyosat»ni davom ettirayotgan Isroil bilan savdo bitimi muzokaralarini davom ettiriş mumkin emasligini aytdi.

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ittifoqning Isroilga savdo imtiyozlari beradigan Assotsiatsiya bitimi qayta körib çiqilişini ma’lum qildi. Uning aytişiça, Yevropa mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining Bryusselda ötgan yiğilişida Niderlandiya Yevroittifoq va Isroil örtasidagi mazkur bitimni qayta körib çiqişni taklif etgan. Bu taklifni a’zo davlatlarning aksariyati qöllab-quvvatlagan.

Niderlandiya taşqi işlar vaziri Kaspar Veldkamp Kallasga yöllagan maktubida Ğazo sektorining blokadasi xalqaro gumanitar huquqni buzişi va şu bilan Yevroittifoq-Isroil Assotsiatsiya bitimining 2-moddasiga xilof ekanini aytdi. 2000 yilda kuçga kirgan uşbu bitimning 2-moddasi hamkorlikni «inson huquqlari va xalqaro huquqqa sadoqat» bilan boğlaydi.

«Şu bois bu jarayonni boşladik. Ayni paytda Isroil insonparvarlik yordamiga tösiqni özi olib taşlaşi kerak. Biz bu işni boşlayapmiz va şu orada gumanitar yordam yöli oçilişi hamda vaziyat yaxşilanişiga umid qilamiz», – deya Kallasning sözlarini keltirmoqda Euronews.

Yevroittifoqning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas / Foto:  EFE/EPA/OLIVIER HOSLET

Assotsiatsiya bitimini qayta körib çiqişni hozirça ittifoqning 17 davlati oçiq qölladi: Niderlandiya, Fransiya, Irlandiya, Şvetsiya, Ispaniya, Belgiya, Portugaliya, Finlandiya, Sloveniya, Lyuksemburg va boşqalar. Germaniya, Italiya, Vengriya, Gretsiya va yana bir neça davlat esa qarşi çiqqan. Şvetsiya taşqi işlar vaziri sanksiyalarni Isroilning ayrim amaldorlariga nisbatan ilgari surişni ham qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Isroil taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oren Marmorstein YeIning uşbu qarorini tanqid qilgan