20 may kuni Toşkent şahar hokimiyatida Şota Rustaveli köçasini kompleks rekonstruksiya qiliş, köça örtasida tezyurar avtobus yölagi (BRT) taşkil etişga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda hokimiyat, “Toşkent invest” kompaniyasi va boş pudratçi China State Construction Engineering korporatsiyasi mas’ullari iştirok etdi.

Qayd etilişiça, poytaxt köçalaridagi yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş loyihasi jami 300 mln dollarga baholangan bölib, bu borada China State Construction Engineering bilan şartnoma tuzilgan.

Şartnoma doirasida Şota Rustavelidan taşqari, yana 3 ta: Yangi Sergeli, Şahrisabz va Amir Temur köçalarida BRT (bus rapid transit), ya’ni avtobuslar yölning örtasidan tezkor harakatlanişi uçun maxsus yölaklar quriladi. Buning uçun 50 mln dollar sarflanadi.

Bu 4 ta köça uzluksiz transport arteriyasini hosil qiladi: Sergeli tumanining aholi eng ziç joylaşgan nuqtalaridan boşlanib, Yunusobod tumani markazigaça davom etadi.

Rasmiylarning ta’kidlaşiça, China State Construction Engineering korporatsiyasi kiritadigan investitsiya mablağlari 7 yil içida davlat budjeti hisobidan xitoylik tadbirkorlarga tölab boriladi. Bunda qoplaş muddati sarf qiliniş muddatidan boşlanişi aytilmoqda.

Anjuman davomida rasmiylar nima sabab tendersiz bu kompaniya tanlab olingani haqidagi savolga javob berişmadi.

Hokimiyat BRT tizimi qilinadigan 4 ta köçaga oid loyiha çizmalari, taqdimotlarini Kun.uz'ga taqdim qildi. Loyiha haqida batafsil şarh Kun.uz tayyorlaydigan keyingi materialda e’lon qilinadi.

Piyodalar ötiş joyi yöl sathidan kötarilgan bölişi reja qilingan.