Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi
Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Cobalt xandaqqa tushib ketdi. Haydovchi va transport vositasi ichida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga tan jarohati yetmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.
Qayd etilishicha, 21 may soat 08:05 da A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida, Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.
Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha Qamchiq maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshlarida Shacman rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa (kyuvet) tushib ketgandi.
Mavzuga oid
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
17:08 / 22.11.2025
Cobalt bozorda yetakchi: umumiy ishlab chiqarishning qariyb uchdan biri shu model hissasiga to‘g‘ri keldi
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:27 / 03.11.2025