Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:39 / 22.05.2025
18015
1 daqiqa o‘qiladi
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temiryo‘llari”.
Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
Xitoyning eng yirik va zamonaviy portlaridan biri — Tyanjin porti endi Markaziy Osiyoga temiryo‘l orqali bog‘landi. Port 180 ta mamlakatdagi 400 dan ortiq port bilan savdo aloqalariga ega.
Yangi temiryo‘l yo‘lagi:
- masofani 800 kmga qisqartiradi;
- yuk yetkazish muddatini kamaytiradi;
- transport xarajatlarini pasaytiradi.
Bu yangi yo‘nalish eksport-import imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro kompaniyalar uchun yanada jozibador bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026