Holat “Özenergoinspeksiya” Farğona viloyat hududiy boşqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiliş organlari va ta’minot korxonasi bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. 

“F.P.S” MÇJga qaraşli Farğona tumani, Novkent şaharçasida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Şoxobçada gaz iste’moli hajmini özgartiriş maqsadida ölçov tizimidagi patrubka içki qismiga davlat standarti talablariga zid taşqi ta’sir körsatilgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 milliard 193 million sömni taşkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.