“SSSR huquqiy jihatdan hamon mavjud” degan fitna nazariyasi bu safar Rossiya prezidentining maslahatçisi Anton Kobyakov tilidan yangradi. Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Farhod Karimov va Kamoliddin Rabbimov uning sözlariga munosabat bildirdi.

“Hujjatlarni qidirsangiz, köp savollar çiqadi”

Farhod Karimov:

— SSSR mavjudligi haqida köproq mafkuraçilar gapirardi, bugun esa mansabda ötirgan va markazga yaqin siyosatçilar tomonidan aytilişi – şovinistik kayfiyat içkarida ançagina avj olganini körsatadi.

Huquqiy asoslarni qidiradigan bölsak, dunyoda unaqa huquqiy asoslar juda köp. Millionlab asos keltiriş mumkin. Temuriylar davlati tugatilgani haqida huquqiy hujjat bormi, masalan? Buxoro amirligi, Qöqon va Xiva xonliklari rasman tugatilgani haqidagi hujjatlarni taqdim etişsin unda?

Hujjatlarni qidirsangiz, köp savollar çiqadi. Şuning uçun qiçimagan joyni qaşlaş kerak emas. Bunday bayonotlar aksinça yaqin ittifoqçilarni Rossiyadan uzoqlaştirişga xizmat qiladi.

SSSR konstitutsiyasida respublikalar istagan paytda mustaqil bölib ketişi belgilangan edi. 1920 yildagi bayonnoma haqida gapirilyapti, axir Konstitutsiya bor edi-ku. Hamma davlat Konstitutsiyada belgilangan öz huquqidan foydalanib mustaqil bölib keldi. Bu yerda huquqiy savol qolmagan.

“Putinga yoqiş uçun berilgan bayonot”

Kamoliddin Rabbimov:

— Bunday bayonotlar Putinning kayfiyatidan kelib çiqib beriladi. Putin – imperialist. U KGBda işlagan, eng gullagan yoşlik davrida kutilmaganda SSSR parçalangan. Putin buni oğir qabul qilgan. Sovet paytida dunyo siyosiy xaritasiga qarasangiz, bahaybat SSSRning oldida qolgan davlatlar juda kiçkina bölib körinardi. Putin “biz dunyoning eng qudratli davlati edik” degan qaraşga ega. U SSSRning qulaşini XX asrning eng katta geosiyosiy fojiasi degan.

Imperiyalar ham odamga öxşaydi. Katta bir hukmdor, hokim hokimiyatda bölgan paytida har kuni uyiga sovğa-salomlar, qöylar, tandir göştlar kelib turadi, mulozamat sifatida, işdan böşaganidan keyin esa er-xotin bularni eslab yurişadi. Postimperialistik sindromdan Fransiya ham ötgan, Angliya ham ötgan. Hozir Hindiston Angliyaga aytyapti: sen meni asrlar davomida talading, vaqti keladi, baribir undiraman. Angliya qirollarining tojidagi katta olmoslardan biri Afrikadan keltirilgan, ikkinçisi esa Boburiylarga tegişli bölgan Köhinur. Vaqti keladi, kuç işlatiş qiyin bölib qolgan paytda, öylaymanki. bu hisob-kitoblar albatta böladi. Jumladan, biz ham Rossiya bilan hisob-kitob qilamiz. Albatta, hozirgi Rossiya bilan gaplaşiş qiyin, lekin vaqti keladi.