Xorazm viloyatida soliq qarzdorligini undirmaslik evaziga 900 dollar olgan soliq inspektori uşlandi.
Qayd etilişiça, Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari şu’basi davlat soliq inspektori trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş va ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJning soliq qarzdorligini undirmasdan, uni bankrotlik asosida tugatib berişni va’da qilgan. U özining yaqin aloqasi orqali 900 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qaşqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Yakkaboğ tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan 40 yoşli şaxs suv ta’minotiga ulanib olib, 99 million söm zarar yetkazgan çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaligiga uşbu muammosini hal etib berişni va’da qilgan va fermer xöjalikning iş boşqaruvçisidan 1500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qaşqadaryo viloyat bölinmasi eksperti uşbu 1500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Hozirda yuqorida aniqlangan holatlar böyiça Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















