Sparkasse Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoderning Rossiyadan pul ötkazmalari kelib tuşgan hisobraqamini bloklab qöydi, deb xabar beradi Bild. Ta’kidlanişiça, ötkazmalar hozirda amalga oşirilmayapti.

Sobiq kanslerga yöllangan xatda qayd etilişiça, bank rahbariyati bu kabi qarorni AQŞning moliyaviy taşkilotlarga nisbatan ehtimoliy sanksiyalaridan qörqqani bois qabul qilgan. Şunga qaramay Şryoder birorta sanksiyalar röyxatiga kiritilmagan.

Naşr ma’lumotlariga köra, bloklangan ötkazmalar uning Nord Stream 2 AG boşqaruv raisi lavozimidagi faoliyati bilan boğliq.

Şryoder gaz quvuri operatoridan har yarim yilda taxminan 200 ming yevro pul olib kelgan. Çeklovlar joriy etilgaç, bank uşbu mablağlarni qaytarişni boşlagan, natijada, sobiq kansler qariyb yarim million yevrosiz qolgan. Bild’ga köra, bloklaşlar Germaniyaning Hannover şahrida «Yaşillar» partiyasidan bölgan Belit Onay hokimiyat tepasiga kelganidan atigi bir neça hafta ötib sodir bölgan. U avvalroq Şryoderni tanqid qilib, undan şahar faxriy fuqarosi unvonini olib qöyişni yoqlab çiqqan edi.