Germaniya kansleri Fridrix Mers 26 may, duşanba kuni Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlarini tanqid qildi, bu yerda davlat 2023 yil 7 oktyabrda unga hujum qilgan Hamas taşkilotiga qarşi uruş olib bormoqda. «Isroil hukumati özining eng yaxşi döstlari bir kun kelib qabul qilişga tayyor bölmaydigan narsa qilmasligi kerak», dedi Germaniya hukumati rahbari Berlindagi Yevroforumda sözlagan nutqida.
«Töğrisini aytsam, Isroil armiyasi Ğazo sektorida qanday maqsadni közlayotganini endi tuşunmayapman», — deya qöşimça qildi Mers. Şu bilan birga, u «tinç aholining sönggi kunlarda tobora kuçayib borayotgan darajada azob çekişga majbur bölayotganini endi Hamasga qarşi kuraş bilan oqlab bölmasligini» ta’kidladi. Germaniyadan Isroilning Ğazodagi harakatlariga nisbatan tanqid darajasiga töxtalar ekan, u: «Hozir bu borada aniqroq bölişimiz kerak», dedi.
Şu bilan birga, Germaniya kansleri Isroilni ommaviy tanqid qilişda Germaniya «dunyodagi boşqa davlatlardan köra köproq vazmin bölişi» kerakligini tan oldi. Şunga qaramay, «xalqaro gumanitar huquq tamoyillari buzilganda», Germaniya kansleri «bir narsa deyişi kerak», dedi Fridrix Mers. «Gap endi tanqidni qançalik aniq ifodalaş kerakligida va bu yerda, tarixiy sabablarga köra, men köproq vazmin bölişni xohlayman», deb tuşuntirdi u.

















