Ruxsatsiz uçişni amalga oşirgani uçun paraplançiga olti oy davomida parvoz qiliş taqiqlandi.
Paraplançi Pen Yuytszyanga 8589 metr balandlikka kötarilgani uçun yarim yil parvoz qiliş taqiqlandi. Bu haqda Gansu provinsiyasi aviasport assotsiatsiyasi hisobotiga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Tsilyan toğidagi sinov starti davomida (balandligi 3 ming metr) sportçi kutilmaganda yuqoriga kötarilib ketgan. Uning kamerasi yordamida olingan kadrlarda erkak 35 daraja sovuqda bulutlar orasida uçib yurganini köriş mumkin.
«Qöllarim butunlay muzlab qoldi. Men radioaloqani uşlab turişga urindim», — deydi start joyidan 30 kilometr uzoqlikka qöngan Pen.
Tergov davomida aniqlanişiça, Pen öz parvozi uçun ruxsat olmagan, çunki u asbob-uskunalarini yerda sinovdan ötkazişni rejalaştirgan. Uning Gu Çjimin ismli dösti videoni Douyin ijtimoiy tarmoğida e’lon qilgani uçun Pen bilan bir xil jazo oldi.
8589 metr balandlikka kötariliş tasodif tufayli röy berdi deb topilgan (kislorod bilan ta’minlovçi uskunalarsiz omon qoliş imkonsiz). Rekord inobatga olinmagan, çunki bu boradagi dunyo rekordi germaniyalik Eva Visnerskiga tegişli — u 2007 yilda 9946 metrga kötarilgan edi.
















