Rossiya bilan vizasiz rejim örnatilgan mamlakatlar fuqarolari (şu jumladan Özbekiston ham) bundan buyon mamlakatga oldindan ogohlantirmasdan kira olmaydi. Bunday qoidalar 30 iyundan kuçga kiradi, deb xabar berdi Rossiya Içki işlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk.
Uning aniqlik kiritişiça, xorijliklar öz rejalari haqida uç kun oldin xabar berişi kerak böladi. «Fuqarolar, şu jumladan, mehnatga layoqatsiz yoki voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillari, rejalaştirilgan sayohatdan kamida 72 soat oldin elektron ariza töldirişi kerak», dedi Volk.
Uning sözlariga köra, faqat tezkor davolaniş, oğir kasallik yoki yaqin qarindoşining ölimi kabi holatlarda şoşilinç kirişga muhtoj bölganlar uçun istisno qilinadi.
Bunday hollarda kamida 4 soat oldin tasdiqlovçi hujjatlar bilan bildirişnoma yuboriş mumkin.
Ariza çet elliklar uçun Davlat xizmatlari portalining muqobili bölgan RuID mobil ilovasi orqali töldiriladi. U yerda Rossiyaga kirgan har bir şaxsning raqamli profili saqlanadi.

















