Isroil askarlarining gumanitar yordam tarqatiş punktida töplangan Ğazo aholisiga qarata öt oçişi oqibatida kamida 20 nafar falastinlik yaralangan, ulardan biri oğir ahvolda. Bu haqda Falastinning WAFA davlat agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, hodisa sektorning markaziy qismidagi Dayr al-Baloh şahridagi Bureyj qoçqinlar lageri yaqinida sodir bölgan. Odamlar oçarçilik kuçayib borayotgan bir paytda oziq-ovqat oliş umidida kelgan.

Isroil Ğazoga ommaviy hujumlarni davom ettirib, insonparvarlik yordami kirişini çeklab, gumanitar falokatni yanada kuçaytirmoqda. Oziq-ovqat yetişmasligiga qaramay, falastinliklar omon qolişga urinar ekan, tobora köproq yordam punktlari nişoniga aylanmoqda.

Falastin hukumatining Ğazodagi matbuot bölimi avvalroq 26-28 may kunlari Isroil hujumlarida gumanitar markazlarga yöl olgan 10 nafar falastinlik halok bölganini xabar qilgan edi.

Blokada davom etar ekan, Isroil gumanitar yordam yöllarini nazorat qilişga intilmoqda, bu oziq-ovqat tarqatiş punktlarida tartibsizlik va zöravonlikka olib kelyapti.