Yaponiyada 1 iyundan kompaniyalar uçun yangi qoidalar kuçga kirdi. Unga köra, iş beruvçi öz xodimlarini issiqdan himoya qilişga majbur. Aks holda ular 500 ming iyena (salkam 3,5 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi bunday çoralarning kuçaytirilişini ötgan yozda kuzatilgan anomal yuqori harorat bilan izohlamoqda. 2024 yil iyul oyi Yaponiya meteokuzatuvlari tarixidagi eng issiq yoz oyiga aylangan va oqibatda 30 kişi halok bölgan, şuningdek, 1,2 mingga yaqin odam jabrlangan edi.

Bu ayniqsa, quruvçilar va işlab çiqarişdagi işçilarga kuçli ta’sir qilgan. Yangi qoidalarga köra, har bir xodimning yonida şerigi bölişi kerak. Bundan taşqari, iş beruvçi işçilarni ularning soğliği holatini nazorat qiladigan maxsus qurilma bilan ta’minlaşi kerak böladi.

Şu bilan birga, iş beruvçilar zimmasiga harorat indeksini nazorat qiliş majburiyati yuklandi. Agar u Tselsiy böyiça 28 darajadan oşib ketsa yoki havo harorati bir soat davomida 31 daraja bölsa, tegişli çoralarni köriş kerak: xonani sovitiş, qöşimça tanaffuslar taşkil etiş, issiq urişi belgilari yuzaga kelsa — birinçi yordam körsatiş.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining baholaşiça, 2000 yildan 2019 yilga qadar har yili issiq ob-havo tufayli qariyb 500 ming ölim holati qayd etiladi. Xalqaro mehnat taşkiloti esa 33-34 daraja issiqda inson öz işçanligini 50 foizgaça yöqotişidan ogohlantiradi. 2030 yilga borib havoga çiqarilayotgan zararli gazlar qisqarmasa, issiqlik stresi oqibatida yuzaga keladigan iqtisodiy zarar 2,4 trillion dollarga yetişi mumkin.

Yaponiyada yirik kompaniyalar allaqaçon uşbu qoidalarga rioya qilişni boşlagan. Shimizu Corp. quriliş kompaniyasi barça xodimlarini termometrlar bilan ta’minlagan, Yamato Transport Co. yetkazib beriş xizmati esa 75 mingta sovitiş nimçalari va 3 mingta harorat hamda namlikni ölçaş uskunalarini xarid qilgan.