Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi
Buyurtma qilingan materiallar orasida ammoniy perxlorat ham bor bo‘lib, undan qattiq raketa yoqilg‘isi va portlovchi moddalarda oksidlovchi sifatida foydalaniladi.
Eron ballistik raketalar ishlab chiqarish uchun Xitoydan katta miqdorda kimyoviy birikma va tarkibiy qismlar buyurtma qildi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, umumiy og‘irligi «ming tonnaga» yetadigan materiallar Eronga yaqin oylar ichida yetib keladi.
Buyurtma qilingan materiallar orasida ammoniy perxlorat ham bor bo‘lib, undan qattiq raketa yoqilg‘isi va portlovchi moddalarda oksidlovchi sifatida foydalaniladi. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, buncha hajmdagi buyurtmadan bir necha yuz ballistik raketa uchun yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.
Oldinroq Xitoyda Eronga tegishli ikkita kemaga 1 ming tonnadan ortiq kuchli oksidlovchi bo‘lgan natriy perxlorat yuklangani ma’lum bo‘lgandi. Ushbu yuk joriy yil fevral-martlarda Eronda yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, buncha miqdordagi natriy perxlorat yaqin masofaga mo‘ljallangan taxminan 260 ta ballistik raketaga yetadi.
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026