Rossiya dökonlarida sotilayotgan noutbuklarga «Alt», Astra Linux yoki Red OS kabi mahalliy operatsion tizimlar örnatilişi kerak. Fplus IT-holdingi boşqaruv şerigi Aleksey Melnikovning sözlariga köra, Rossiya biznesi vakillari şu kabi taşabbus bilan çiqqan.
Melnikovning aytişiça, yangi talab Rossiyadagi barça savdo maydonçalariga, jumladan, elektronika dökonlari va marketpleyslarga ham taalluqli bölişi kerak. «Heç narsa bölmaydi — na inflatsiya, na isyon», — deydi u.
Mazkur talabni joriy etiş smartfonlarga Rossiya ilovalarini qayta örnatiş kabi böladi: foydalanuvçi qurilmani yoqiş vaqtida operatsion tizimni tanlaydi. Şuningdek, Melnikov uşbu talabni smartfonlarga ham qöllaş taklifini bildirgan (gap «Avrora» yoki Red OS Mobile operatsion tizimlari haqida ketmoqda), ammo raqamli rivojlaniş vaziri Maqsut Şadayev uni qöllab-quvvatlamagan — bu importning qisqariş xavfini yuzaga keltirişi mumkin.
Rossiya elektron kommunikatsiyalar assotsiatsiyasi direktori Yekaterina Demkinaning ma’lum qilişiça, noutbuklarga ommaviy ravişda Rossiya operatsion tizimlarini örnatiş «oson emas», çunki mahalliy dasturçilar taqdim etgan OS’ning tayyorligi «biroz çeklangan».
Fplus ma’lumotlarga köra, Rossiya operatsion tizimlari örnatilgan noutbuklar uluşi 2-3 foizdan oşmaydi. Mamlakatda 2024 yilda noutbuklar bozori 242 milliard rublga (3,9 million qurilma) oşgan. Şu bilan birga, «Kommersant» manbasi RFda noutbuklarning yillik savdo körsatkiçlari 2025 yil birinçi çorakda 12 foizga tuşganini bildirgan.

















