I guruhi

Spalletti tarixga kirdi

Norvegiya — Italiya 3:0
Gollar: Cyorlot 14, Nusa 34, Holand 42
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson, Ayyer, Heggem (Estigor 71), Volf (Pedersen 75), Edegor, Berge, Torsbyu (Berg 46), Nusa (Bobb 75), Holand, Syorlot (Larsen 83).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Koppola, Bastoni, Zappakosta (Orsolini 71), Rovella (Fratezzi 46), Tonali, Udoji (Dimarko 83), Barella, Raspadori (Richchi, 83), Retegi (Lukka 71).
Ogohlantirishlar: Torsbi 38, Berg 55.

Ko‘hna qit’ada ham saralash sikli asta-sekin avjiga kirmoqda. Millatlar ligasi pley-off bosqichi va «To‘rtlar finali» tufayli guruhlarning bir qismida hali birinchi tur ham boshlangani yo‘q, bir necha guruhda esa uchinchi tur o‘yinlari ham o‘tkazilmoqda. Bu turdan Italiya ham bahslarga qo‘shildi va Norvegiyaga qarshi o‘yin turning markaziy uchrashuvi sifatida afisha qilindi. Skandinavlar mart oyida o‘tkazilgan dastlabki turlarda maksimal olti ochko to‘plagandi va bu jamoaga qo‘shimcha ishonch baxsh etdi. Yomg‘irli Oslodagi uchrashuv mezbonlarning ustunligi bilan boshlandi. Norveglar Bastonining muvaffaqiyatsiz uzatmasidan maksimum natija chiqarib oldi, Nusa Syorlotni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi, ushbu hujumchi mehmonlar safida debyut qilgan himoyachi Koppoladan («Verona») qochib ketdi va hisobni ochdi.

Bu hali hammasi emasdi, bo‘limning ikkinchi yarmida Nusa yana bir bor ajoyib nomer ijro etdi. Vinger ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga joyladi. Bo‘lim so‘nggida esa Edegor himoyachilar orasidan o‘tkazib bergan pasi bilan Holandni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, ofsayd tuzog‘idan qutulib qolgan hujumchi Donnarummani ham aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi va amalda o‘yin masalasini hal qildi. Luchano Spalletti bu pallada tarixga kirdi — Italiya bunga qadar saralash o‘yinlarida birinchi bo‘limning o‘zida uchta gol o‘tkazib yubormagandi.

Estoniya – Isroil 1:3
Gollar: Kyayt 31 – Biton 39, 49, Abu-Fani 90
Estoniya: Heyn, Kuusk, Paskochi, Saliste (Yepixin, 80), Shenning-Larsen, Shayn, Soomets (Kristal, 55), Kyayt (Aynsalu, 80), Sinyavskiy, Yakovlev (Saarma, 72), Tamm (Aner, 72)