Isroil harbiy-dengiz kuçlari bortida gumanitar yordam va faollar, jumladan, şvetsiyalik faol Greta Tunberg bilan Ğazo sektoriga ketayotgan "Madlin" (Madleen) kemasini qölga oldi. Harbiylar kuzatuvi ostida kema Isroil qirğoqlariga yönaltirildi, uning yölovçilariga zarar yetmadi, deb xabar berdi Isroil TIV 9 iyun, duşanbaga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida.

Idora bayonotiga köra, "Madlin" yölovçilari öz vataniga qaytadi, bortda bölgan gumanitar yordam esa «haqiqiy gumanitar kanallar» orqali Ğazo sektoriga yuboriladi. Şu bilan birga, Isroil vakillari dengiz blokadasini buzişga uringan kemaning özi bilan nima sodir bölişini aniqlaştirmadi.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Israel Kats "Madlin" kemasini Falastin hududi qirğoqlariga yaqinlaştirmaslikni buyurgan edi. «Antisemit Greta va uning hamrohlariga, HAMAS tarğiboti vakillariga aniq aytmoqçiman: orqaga qayting, Ğazoga yetib borolmaysiz», — deyiladi vazir ofisi tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

"Madlin" kemasining Ğazo sektoriga jönatilişini taşkil qilgan "Ozodlik flotiliyasi" koalitsiyasi özining Telegram-kanalida kema «xalqaro suvlarda hujumga uçraganini» yozdi. «Kvadrokopterlar kemani örab oldi va unga oq rangli qözğatuvçi moddani sepdi», — deya xabar berdi faollar. «Aloqa öçirib qöyildi, radioda xavotirli tovuşlar yangradi». Şundan söng kema qölga olindi. Biroq Isroil harbiy-dengiz kuçlari tomonidan kema bortida suratga olingan videolarda maxsus vositalardan foydalaniş oqibatlari körsatilmagan.