Isroil mudofaa vaziri Israel Kats bortida şvetsiyalik ekologik faol Greta Tunberg bölgan "Madlin" kemasini Ğazo sektori qirğoqlariga yaqinlaştirmaslikni buyurdi. 8 iyun, yakşanba kuni Isroil idorasi rahbari harbiylarga bortida 12 nafar faol bölgan kemani tösib qöyişni buyurdi.

«Antisemit Greta va uning hamrohlariga, HAMAS tarğibotiga yordam beruvçilarga aniq aytmoqçiman: orqaga qaytinglar, Ğazoga yetib borolmaysizlar», deyiladi vazirning bayonotida.

«Isroil heç kimga Ğazo dengiz blokadasini buzişga ruxsat bermaydi, uning maqsadi - qurollarimizni odamlarni garovda uşlab turgan va uruş jinoyatlarini sodir etayotgan qotillar va terrorçilar guruhi XAMASga yetib borişiga yöl qöymaslik», dedi Kats. U «dengiz, havo yoki quruqlik orqali blokadani buziş yoki terroristik guruhlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan har qanday urinişlarga qarşi çora körişga» va’da berdi.

«Ozodlik flotiliyasi» tarkibiga kiruvçi "Madlin" kemasi 1 iyun kuni Sitsiliyadagi Kataniya portini tark etdi. Gumanitar yordam yuklangan kema bortida atrof-muhit faollari, Tunberg va Yevroparlament deputati Rima Hassan bor. Taşkilotçilar Ğazo sektoriga konserva, guruç, oqsilli batonçalar, sut va meva şarbatlarini yetkazib berişini aytdi.

Ekipaj a’zolarining ma’lum qilişiça, kema 7 iyun kuni Misr suvlariga kirgan va Ğazo sektori tomon yöl olgan.

Hassanga fevral oyida Yevropa Ittifoqiga parlament taşrifi doirasida Isroilga kiriş taqiqlangan edi.