Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deya xabar beradi jahon agentliklari 10 iyun, seşanba kuni. Buning sababi sifatida «Iordan daryosining Ğarbiy sohilida falastinliklarga qarşi zöravonlikka undaş» körsatilgan.
«Biz ikki davlat qaroriga sodiqmiz, bu isroilliklar va falastinliklarning xavfsizligi va qadr-qimmatini kafolatlaş va mintaqada uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlaşning yagona yöli, ammo u ekstremistik köçmançilar zöravonligi va aholi punktlarining kengayişi tahdidi ostida», — deyiladi Britaniya Taşqi işlar vazirligi saytida e’lon qilingan qöşma bayonotda.
«Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotriç falastinliklarga nisbatan ekstremistik zöravonlik va jiddiy inson huquqlari buzilişiga undagan. Falastinliklarni majburiy köçiriş va Isroilning yangi aholi punktlari barpo etilişini tarğib qiluvçi ekstremistik ritorika dahşatli va xavflidir. Bu harakatlarni qabul qilib bölmaydi», — deya ta’kidlaydi mualliflar.
Ular Isroil hukumatini «xalqaro huquq böyiça öz majburiyatlarini bajarişga hamda ekstremistik, zöravonlik va ekspansionistik ritorikaga barham beriş uçun muhim çoralar körişga» çaqirmoqda.


















