Buyuk Britaniya Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarşi sanksiyalar joriy etdi. Çeklovlar uşbu amaldorlarning Ördun daryosining Ğarbiy sohilidagi «Falastin jamoalariga nisbatan takroriy zöravonlikka undovçi harakatlariga javoban» qabul qilindi.
Qayd etilişiça, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya bunday amalyotlariga qarşi «zudlik bilan çora körişga» çaqirgan.
«Buyuk Britaniya oçiqçasiga ham, yopiq eşiklar ortida ham Netanyahu hukumatiga Isroil noqonuniy manzillarni kengaytirişni töxtatişi, Falastin davlatining kelajagini izdan çiqarayotgan bu harakatlarga barham berişi, köçkindilarning zöravonliklarini töxtatişi va har ikki şaxsning buzğunçi bayonotlarini qoralaşi lozimligini aniq bildirib kelmoqda», — deyiladi Britaniya TIV saytida.
Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar Britaniya hukumatining uşbu qarorini «ğazabni qözğatadigan» deb atadi. U kelasi hafta boş vazir Binyamin Netanyahu bilan uçraşib, Isroilning javobini muhokama qilişini bildirdi.
2024 yil iyulda BMT Xalqaro sudi Isroilni Ğazo sektorida okkupatsiya bilan şuğullanayotgan davlat, deb tan olgandi. Öşanda sud Isroilni Falastin yerlarini okkupatsiya qilişni zudlik bilan bas qilişga çaqirgan.
Xalqaro sudda qayd etilişiça, Falastin yerlari bölaklangan alohida hududlar emas, yagona hududiy birlik hisoblanadi. Isroil, şuningdek, Şarqiy Quddus va Ördun daryosining ğarbiy sohilida ham okkupant hisoblanadi.


















