Telegram Messenger Inc. (Telegram messenjeri) vakillari uning «xizmat körsatuvçisi» «Telegram ma’lumotlari yoki maxfiy infratuzilmasiga kiriş» imkoniga ega emasligini da’vo qilmoqda. Bu haqda 10 iyun, seşanba kuni kompaniya bayonotiga tayanib, BBC xabar berdi.

Izoh «Vajnyye istorii» naşri tomonidan ötkazilgan suriştiruv e’lon qilingandan söng paydo böldi, unda messenjer trafigi biznesmen Vladimir Vedeneyevning Global Network Management (GNM Inc., "Globalnet") kompaniyasining IP-manzillari orqali ötişi, u göyoki Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Federal qöriqlaş xizmati, Içki işlar vazirligi va Mudofaa vazirligi foydasiga işlaydigan yopiq tahliliy markazga xizmat körsatişi aytiladi. 

«Barça Telegram serverlari Telegramʼga tegişli bölib, ularga Telegram xodimlari xizmat körsatadi», — deya ma’lum qildi materialdan söng Pavel Durov kompaniyasi va ular «dunyo böylab önlab turli xizmat körsatuvçilar bilan şartnomalar tuzganini» qöşimça qildi.

Korporatsiya vakillari, şuningdek, ular heç qaçon «uçinçi şaxslarga şaxsiy xabarlarni» oşkor qilmaganini va uning «şifrlanişi heç qaçon hakerlik hujumiga uçramagani»ni da’vo qilmoqda.