Volkswagen UzAuto bilan hamkorlikda Özbekistonda avtomobil işlab çiqarişni boşlaydi. Bu haqda Germaniya kompaniyasining savdo va marketing böyiça rahbari Martin Sander LinkedInʼdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Kelişuvga köra, avtomobillarni işlab çiqariş SKD formatida (butlovçi qismlarni yirik uzellar asosida yiğiş texnologiyasi) amalga oşiriladi.

Işlab çiqariş jarayoni ilgari Jizzakh Auto nomi bilan tanilgan va Özavtosanoat tarkibiga kiruvçi Alyans Auto bilan hamkorlikda yölga qöyiladi. Aynan şu kompaniya Özbekistonda Volkswagen, Škoda va Jetta avtomobillarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.

«Bizda sakkizta zamonaviy sedan va siğimli yöltanlamas avtomobillari mavjud. Bu aynan özbekistonlik xaridorlar izlayotgan narsadir», - deya ta’kidlagan Sander.

Uning qöşimça qilişiça, tarkibiy qismlar Volkswagen’ning Xitoydagi işlab çiqariş bazasidan yetkazib beriladi. Bu kompaniyaga logistika xarajatlarini qisqartiriş va uglerod izini kamaytiriş imkonini beradi.

Ommaviy işlab çiqarişni boşlaş 2025 yilning IV çoragiga möljallangan.